Kerri Jenevada Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Jenevada Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashmoqda, 14-yanvar, 2015-yil

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Jenevada Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashmoqda, 14-yanvar, 2015-yil

Jenevada AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashgan Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarifning aytishicha, Eron va uning yadro dasturi bo'yicha gaplashayotgan olti davlat muzokaralarning yangi davrasiga tayyor.

"Kelishilmay qolgan masalalarni hal qilish oson", - dedi Eron vaziri.

Kerriga ko'ra, uchrashuv har ikki davlatga pozitsiyalarni oydinlashtirishga imkon beradi.

Eron, AQSh, Fransiya, Xitoy, Rossiya, Britaniya, Germaniya bir yil muzokara qilib natijaga erisha olmagach, ikki oy oldin jarayonni yana bir yilga cho'zishga kelishilgan.

Xalqaro hamjamiyat Erondan uning atom dasturi tinch maqsadlarga qaratilganini isbotlashni so'rab, bir necha shartlar qo'ygan. Buning evaziga Tehronga iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish taklif etilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG