Eron yadro dasturiga doir muzokaralar yakuniy pallada

  • Amerika Ovozi

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius, Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayer Venada jurnalistlar bilan gaplashmoqda. Avstriyada Tehronning yadro dasturiga doir muzokaralar so'nggi pallaga kirgan.

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius, Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayer Venada jurnalistlar bilan gaplashmoqda. Avstriyada Tehronning yadro dasturiga doir muzokaralar so'nggi pallaga kirgan.

Eron va jahonning olti davlatidan rasmiylari bugun, dushanba kuni Tehronning yadro dasturiga doir muzokaralarga yakun yasamoqchi. Maqsad - 18 oylik muzokaralar xulosalari asosida bitim imzolash.

Eron muzokarachisi Abbos Araqchi kelishuvdan umidvor, lekin ayrim masalalar hanuz ochiq qolayotganini aytmoqda.

Diplomatlar kecha yakuniy hujjat deyarli tayyor ekaniga ishora qilgan. Biroq taraflar avval ham bitim uchun bir necha bor yakuniy sana belgilagan edi.

Bu orada, Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I puxta kelishuv uchun hamma sharoit bor, demoqda. Muzokaralar boshqa uzaytirilmasligi kerak, deydi u.

Muloqotda Eron, Amerika, Fransiya, Britaniya, Rossiya, Xitoy va Germaniya ishtirok etayapti.

G'arb Tehronni yashirincha yadro qurolini yasayotganlikda gumon qiladi. Kelishuvda Eronning yadro dasturini qisqartirish, bu mamlakat atom inshootlariga xalqaro kuzatuvchilarni kiritish, evaziga Eronga qo'yilgan iqtisodiy sanksiyalarni olib tashlash haqida so'z boradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG