Vakillar palatasi Eronga qo’shimcha sanksiya qo’ymoqchi

  • Amerika Ovozi

Eron nefti ortilgan tanker Singapur yaqinida. 1-mart, 2012-yil. G'arb sanksiyalari Eronning qora oltin savdosiga ziyon qilmoqda.

Eron nefti ortilgan tanker Singapur yaqinida. 1-mart, 2012-yil. G'arb sanksiyalari Eronning qora oltin savdosiga ziyon qilmoqda.

Kongress quyi palatasi islomiy respublikaning neft eksportiga cheklovlarni oshirishni ko’zlamoqda.

AQSh Kongressi Vakillar palatasi Eronga qarshi qo’shimcha sanksiyalarni ma’qulladi.

Jumladan, islomiy respublika nefti eksportiga cheklovlarni oshirish ko’zda tutilmoqda.

Maqsad Eronning yadroviy tadqiqotlari uchun moliyani kesish.

Vakillar palatasi olg’a surgan tashabbusni endi Senat ko’rib chiqishi kerak.

Obama ma’muriyati o’tgan hafta tibbiy, dehqonchilik va insonparvarlik mahsulotiga qo’yilgan sanksiyalarni biroz yumshatgan edi.

Eron yangi prezident Hasad Ruhoniyning qasamyod marosimiga tayyorgarlik ko’rayotgan bir paytda Qo’shma Shtatlar Tehron bilan muzokaralarni qayta boshlashni taklif qilmoqda.

Ruhoniy mo’tadil qarashlari bilan tanilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG