Eronda muxolifat yetakchisining o'g'li hibsda

  • Amerika Ovozi

Eron muxolifati rahbari Mahdi Karrubiy

Eron muxolifati rahbari Mahdi Karrubiy

Eronda muxolifat yetakchisi Mahdi Karrubiyga qarashli internet sahifasida (www.sahamnews.org) aytilishicha, xavfsizlik kuchlari arbobning bir o'g'lini hibsga olib, ikkinchisini ham qo'lga olishga uringan.

Ma'lum bo'lishicha, politsiya Ali Karrubiyning uyiga bostirib kirib, uni va rafiqasini olib ketgan, biroq ayoli kechroq qo'yib yuborilgan.

Ular, shuningdek, Husayn Karrubiyning uyiga ham kirgan, biroq arbobning ikkinchi o'g'li bu payt uyda bo'lmagani aytiladi.

Xavfsizlik kuchlari Mahdi Karrubiyning uyida ham bo'lib, ba'zi kitob va hujjatlarni musodara qilgan.

Arbob 2009-yil prezident saylovlarida ishtirok etib, amaldagi rahbar Mahmud Ahmadinejodga boy bergan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG