Erondagi ichki siyosiy kurash tuzum qulaydi degani emas


Erondagi ichki siyosiy kurash tuzum qulaydi degani emas

Erondagi ichki siyosiy kurash tuzum qulaydi degani emas

Eronda siyosiy-ijtimoiy vaziyat sirtdan osoyishta ko’rinsa-da, ishonchli manbalarning tasdiqlashicha, hokimiyatning yuqori doiralarida ichki kurash ketmoqda.

Diniy tuzum asoslarini titratgan yirik namoyishlar Eronda so’nggi bor 2008 yilda kuzatilgan edi. O’shanda ikkinchi muddatni qo’lga kiritgan prezident Mahmud Ahmadinajodni bugun u qadar quvvatlashmaydi.

Qayta saylanganidan ikki yil o’tib, Ahmadinajod va undan ham yuqorida o’tirgan hukmdorlar bir-biri bilan arazlashib qolgani jamoatchilikka ayon.

Mamlakat oliy peshvosi Oyatulla Ali Xomenei va uning yaqin maslahatchilari Ahmadinajodni saylov g’olibi deb e’lon qilgan, uni qo’llab-quvvatlagan edi. Biroq prezidentga o’zboshimcha harakatlardan tiyilish ham uqtirilgan.

Erondagi ichki siyosiy kurash tuzum qulaydi degani emas

Erondagi ichki siyosiy kurash tuzum qulaydi degani emas

Siyosatdonlar fikricha, prezident Ahmadinаjodga har holda muddatini yakunlashga yo’l beriladi. Chunki eng muhimi – tinchlik, barqarorlik.

Lekin, deydi Britaniyaning Erondagi sobiq elchisi Richard Dalton, mullalar 2013 yilda bosiqroq, vazminroq bir rahbar saylanishi tarafdori.

“Ular tanlagan odam kamtar, itoatkor, jamiyatni va iqtisodni boshqarishda konservativ, oddiy xalq bilan haddan ziyod ulfatlik qilmaydigan nomzod bo’ladi. Diniy peshvolar chizgan chiziqdan chiqmaydigan, xalqqa katta-katta va’dalar bermaydigan”, - deydi Dalton.

Siyosiy doiralarda kurash ketayotgani muxolifat uchun imkoniyat emasmi? Buning natijasida islohotchi guruhlar maydonga chiqishi mumkinmi?

Erondagi ichki siyosiy kurash tuzum qulaydi degani emas

Erondagi ichki siyosiy kurash tuzum qulaydi degani emas

“Afsuski, yo’q. Eronning diniy, harbiy, xavfsizlik va hukumat apparatini zaif deb bo’lmaydi. Tizim mahkam o’rnashib olgan va 30 yildan buyon islohotga yo’l bermaydi. Shu paytgacha na muxolifat, na ko’cha namoyishlari uni qulata oldi”, - deya qo’shadi Britaniya sobiq elchisi.

Xavfsizlik bo’yicha ekspert Metsa Rahimiy nazarida, G’arb davlatlarida Erondagi ahvol borasida yanglish tasavvur mavjud. Siyosiy janjal-nizolar hali tuzum qulashidan darak emas.

“Ikki yilcha oldin Eron shunday bir chorrahaga kelib qolgan edi. Nazarimda, imkoniyat boy berildi. Arab dunyosidagi qo’zg’olonlar Eronga ham yetib keladi, deyayotganlar ko’p. Biroq hukumatda endi ommaviy namoyishlarni boshqarish tajribasi bor. Tunis yoki Misrga qiyoslamagan bo’lardim”, - deydi Rahimiy.

Eronda aholining katta qismi yoshlar emasmi, “Yashil Harakat” boshida turgan ular. Lekin tub o’zgarish bo’lishiga ishonch tobora pasayib borayapti.

Erondagi ichki siyosiy kurash tuzum qulaydi degani emas

Erondagi ichki siyosiy kurash tuzum qulaydi degani emas

“Amaldagi rejimdan norozi yoshlar o’shanda, 2009 yilda, ko’tarinki kayfiyatda edi, o’zgarish bo’ladi va uni biz qilamiz deb ishonishgan edi. Bugun umid so’ngan. Imkoniyat bo’lsa, ko’pchilik yoshlar mamlakatni tark etishga harakat qilmoqda”, - deya mulohaza yuritadi Metsa Rahimiy.

“Arab bahori”ni boshlab bergan aslida Eron, deydi sobiq elchi Richard Dalton.

Tunis va Misr qo’lga kiritgan yutuqlar, deydi u, repressiya ostida yashayotgan qo’shni davlatlarni, jumladan Eron ahlini ruhlantiradi.

“Tunis ahli astoydil harakat qilib, diktaturani ag’dardi. Misrda xalq qo’zg’alishiga hech kim ishonmagan. “Nega biz buni qila olmadik 2009 yilda, yana qancha chidaymiz”, deb so’rayotganlar ko’p Eronda. Bu cho’g’ni yelpib turgan – ta’qiblar, aholiga nisbatan zulmdir”.

Ekspertlar fikricha, Eron xalqaro sanksiyalar ostida ekan, mamlakatda sharoit og’ir. Iqtisodiyotni tebratib turgan neft va undan tushadigan daromad. Bozorda mahsulot bahosi yuqori, demakki ustunlik hozircha hukumat tomonida.

XS
SM
MD
LG