Bosh oyatulla Ruhoniyga tanbeh berdi

  • Amerika Ovozi

Eron oliy diniy rahnamosi Ali Xomenei yangi prezident Hasan Ruhoniy G’arb bilan murosa izlayotganidan umuman mamnun ekanini aytadi.

Eron oliy diniy rahnamosi Ali Xomenei yangi prezident Hasan Ruhoniy G’arb bilan murosa izlayotganidan umuman mamnun ekanini aytadi.


Eron oliy diniy rahnamosi yangi prezident Hasan Ruhoniy G’arb bilan murosa izlayotganini olqishlagan. Ammo oyatulla prezidentning o’tgan oy Nyu-Yorkka safarida kamchiliklar topgan.

Ali Xomenei harbiylar oldida qilgan chiqishida aynan nimadan norozi ekanini aniq aytmagan.

Biroq taxminlarga ko’ra, Ruhoniy va AQSh rahbari Barak Obama o’rtasidagi muloqot haqida gap ketmoqda.

Oyatulla fikricha, Amerika hukumati ishonchga loyiq emas va va’dalarini buzib kelgan.

Obama va Ruhoniy 20-sentabr kuni telefonda 15 daqiqa gaplashib, 35 yillik diplomatik sukunatga barham bergan edi.

Eron Inqilobiy gvardiyasi qo’mondoni, general Muhammad Ali Jafariy nazarida ham Ruhoniy Obama bilan telefonda gaplashib xato qilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG