Breaking News

Eronda saylov jiddiy o'zgarish olib kelishi kutilmayapti


Eronda prezidentlik uchun kurashayotgan nomzodlar o’rtasida o’xshash jihatlar ko’p. Barchasi erkaklar va mamlakat oliy diniy rahnamosiga sodiq fuqarolar.

Tahlilchilar nazarida, g’oliblikka asosiy da’vogar – Said Jaliliy. Bu odam Eronning yadro dasturi muzokarachisi sifatida G’arbga qarshi keskin qarashlari bilan tanilgan.

“Biz dunyoda islomning ta’sirini oshirib, gegemon davlatlarning kuchayishiga qarshi turamiz”, - deydi Jaliliy.

Muloyim inson sifatida tasvirlanadigan Jaliliy nomzodlar jamoasida yetakchi figura. Islohotchi nomzod Muhammad Rizo Orif kecha sobiq prezident Muhammad Xotamiy iltimosi bilan poygadan chiqqanini e’lon qildi. Orif va boshqa islohot tarafdorlari endi yadro dasturi bo’yicha sobiq rasmiy Hasan Rovhaniy nomzodini qo’llab-quvvatlamoqda.

Sobiq AQSh elchisi Denis Rosning aytishicha, nomzodlar orasida jiddiy farq topish qiyin.

Oliy diniy rahnamo o’ziga tobe bir nomzodning yutib chiqishini istaydi. Unga siyosatini gap-so’zsiz amalga oshiradigan odam kerak, deydi u.

2009-yilgi saylovda kuzatilgan ko’tarinki ruh yo’q. O’shanda ko’chalar va stadionlar sobiq nomzod Husayn Musaviy tarafdorlari to’lgan edi. Munozarali o’tgan saylovda imkoniyatni boy bergan Musaviy hozir uy qamog’ida saqlanadi.

Navbatdagi saylovning mamlakat siyosiy hayotida biror jiddiy o’zgarish yasashiga ishonuvchilar kam.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG