Bo’ron oldidan sukunat, Erondagi vaziyat tahlili

  • Amerika Ovozi

Bo’ron oldidan sukunat, Erondagi vaziyat tahlili

Bo’ron oldidan sukunat, Erondagi vaziyat tahlili

Arab dunyosi deganda bugun g’alayon va xalq isyonlari ko’z oldimizga keladi. Tunis va Misrda rahbarlar almashdi, eski tuzum xizmatchilari ustidan sudlar o’tdi.

Liviya va Suriyada hukumatlar qo’zg’olonni kuch bilan bostirmoqda. Ikki yil ilgari prezident saylovlaridan so’ng qo’zg’algan Eronda esa jimjitlik. O’zgarish shamoli bu davlatni chetlab o’tayotgandek.

Tunis, Qohira, Manama, Sano va Damashq ko’chalarida odam tumonat. Yil boshidan beri xalq erkinlik va islohot talab qilib keladi.

Bo’ron oldidan sukunat, Erondagi vaziyat tahlili

Bo’ron oldidan sukunat, Erondagi vaziyat tahlili

Bundan ikki yil oldin Eronda “soxta” deb qoralangan prezident saylovlari ketidan xuddi shu manzaraga guvoh bo’lganmiz.

Omma orasida norozilik hissi hamon kuchli, lekin Tehronda namoyishchilarni ko’rmaysiz.

Mavzu yaqinda Vashingtonda o’tgan simpoziumda muhokama qilindi. Roberto Toskano 2003-2008 yillarda Italiyaning Erondagi elchisi bo’lgan, bugun Vashingtonda tadqiqotchi. Eron muxolifati va hukumat o’rtasidagi ziddiyatlar haqida shunday deydi:

“Afsuski, demokratik harakat hech bir vaqt davlatning qurolli kuchlariga bas kela olmaydi”.

Eron Inqilobiy Gvardiyasi hamda xavfsizlik apparati nimaga qodir ekanini namoyishlar paytida ko’rganmiz. Ular to’g’ridan to’g’ri oliy rahbarga bo’ysunadi.

Jorj Meyson Universiteti professori Shaul Bahashning qayd etishicha, el orasida tanilgan muxolifatchilar – Mir Husayn Musaviy va Mehdi Karrubiy uy qamog’ida saqlanar ekan, tarafdorlari bilan muloqot qilishga, mitinglar o’tkazishga ruxsat yo’q.

Bo’ron oldidan sukunat, Erondagi vaziyat tahlili

Bo’ron oldidan sukunat, Erondagi vaziyat tahlili

Namoyishlar paytida hibsga olingan odamlarga uzoq muddatli jazo belgilangani, ular qiynoqqa solingani boshqalarga ham ogohlantirish.

“Qamoqdagi erkak va ayollar jinsiy va boshqa usullar bilan ataylab tahqirlangani to’g’risida ishonchli ma’lumotlar bor. Bu ommani, ayniqsa muxolifatchilarni qo’rqitish va itoatda tutish vositasidir”, - deydi Shaul Bahash.

Prezident saylovlaridan keyingi ikki yil ichida ziyolilar, jurnalistlar, yoshlar “davlat dushmanlari” deb sudga tortildi. Sobiq diplomat Roberto Toskano nazarida vahima uyg’otishga qaratilgan bu harakatlar tuzum zaifligidan ham darak beradi.

“Mamlakatni kuch bilan, zulm bilan idora etaman degan hukmdorlar adashadi. Norozi xalqni repressiya vositasida uzoq vaqt ushlab tura olmaysiz. Bunday tuzum baribir qulaydi”, - deydi u.

RAND siyosiy tahlil markazida Eron bo’yicha tadqiqotchi Ali Rizo Nodir islomiy respublikani ichidan yemirayotgan omillarni sanab o’tadi.

Bo’ron oldidan sukunat, Erondagi vaziyat tahlili

Bo’ron oldidan sukunat, Erondagi vaziyat tahlili

“Birinchidan, mamlakatda norozilik kuchli, xalqning sabr kosasi to’lib borayapti. Kelasi yilgi parlament saylovlari oldidan konservativ doiralarda hamda avlodlar-aro kurash ketmoqda. Yana bir muhim faktor – hukumat qonuniy maqomini sekin-asta boy berayotganidir. Nafaqat aholi, balki mamlakat elitasi ham shu fikrda”.

Shunga qaramasdan, deydi Roberto Toskano, Viloyat-e Faqih tushunchasi Eronda fundamental jihatdan biror o’zgarish bo’lishiga yo’l bermaydi. Bu degani butun hokimiyat bir kishining qo’lida.

Viloyat-e Faqih boshqaruv tizimi demokratiyaga degan narsaga yaqin ham kelmaydi”, - deydi sobiq elchi. “Eron konstitutsiyasi matniga nazar tashlasangiz, deyilganki, mushtahid, ya’ni oliy rahnamo o’rniga kengash saylanishi mumkin xolos. Yagona umid shu”.

Bugun Eronda hukumat nazoratni qayta qo’lga olganini ko’rish mumkin. Tehron va boshqa shaharlarda aholi tirikchilik, kundalik tashvishlari bilan band. Sirtdan qaraganda hammasi joyida, hayot davom etyapti.

Tahlilchi Ali Rizo Nodir ta’rificha, asl manzara boshqacha. “Bo’ron oldidan sukunat deb shuni aytadi”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG