Ahmadinajod: Eron nimaga qodir ekanini ko'rsatadi

  • Amerika Ovozi

Eron islomiy inqilobning 33 yilligini nishonlamoqda

Eron islomiy inqilobning 33 yilligini nishonlamoqda

Eron ko’chalarida paradlar… Mamlakat islomiy inqilobning 33 yilligini nishonlamoqda.

1979-yilning fevral oyida Amerika tomonidan quvvatlangan shoh taxtdan olinib, diniy boshqaruv tuzumi joriy etilgan.

Atom dasturi bois ancha yakkalanib qolgan Eronda bu ayyom arafasida Amerika va Isroilni qoralovchi chiqishlar bo’lib o’tdi.

Tehronning mashhur “Ozodi” maydonida prezident Mahmud Ahmadinajod so’zga chiqib, kelasi kunlar ichida dunyo Eron yadroviy jihatdan nimaga qodir ekanini yaxshiroq bilib oladi deya hayqirdi.

Mahmud Ahmadinajod

Mahmud Ahmadinajod

“Amerikaga o’lim” degan shiorlar ostida o’tgan namoyishlarda Barak Obama va uning yetakchiligidagi G’arb Eronni hech narsadan to’xtata olmaydi degan bayonotlar yangradi.

G’arb Eronni atom quroli ustida ishlayotganlikda, xalqaro qonunlarni buzayotganlikda ayblab keladi va BMT Xavfsizlik Kengashi bir necha bor sanksiyalar qo’ygan. Amerika va Yevropa Ittifoqi ham bu davlat bilan har qanday aloqani cheklagan.

Oq Uy kelishmovchiliklarni diplomatiya orqali hal etish umidida va AQSh harbiy chora ko’rishi mumkin degan taxminlarni inkor etib kelmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG