Breaking News

Eron sudida amerikalik jurnalist ishi bo'yicha hukm o'qilishi kutilmoqda


"Vashington Post" gazetasining Eronda bir yildan beri hibsxonada saqlanayotgan muxbiri Jeyson Rizoyanning ishi ertaga sudda so'nggi bor ko'riladi. Shundan so'ng Eron Inqilobiy sudi hukm chiqaradi, deydi gazeta bosh muharriri Martin Baron.

Rizoyan 2014-yil iyulida rafiqasi Yagona Solihiy bilan hibsga olinib, bir necha oy rasmiy ayblovsiz saqlandi. Solihiy ham jurnalist bo'lib, u keyinroq qo'yib yuborilgan, Rizoyanga esa josuslik va g'anim davlatlar bilan hamkorlik qilish aybi qo'yildi.

Baron ayblovlarni asossiz va mantiqsiz, sud jarayonini esa tomosha deb atadi.

"Eron begunoh jurnalistni qamoqqa tashlab, unga ruhiy va jismoniy jabr yetkazdi", - deydi "Vashington Post" rasmiysi.

Baron sudni Rizoyanni ozod etishga, bu ishni adolat bilan hal qilishga chaqirdi.

AQSh Davlat departamenti ham Eronni Rizoyan va boshqa amerikalik mahbuslarni ozod etishga da'vat etdi.

"Rizoyanning Eronga hech qanday tahdidi yo'q", dedi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri.

Yana ikki amerikalik Said Abediniy va Amir Hikmatiy ham bir necha yildan beri Eron qamog'ida saqlanmqoda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG