Eron xalqaro sanksiyalar ta'sirini tan olmoqda

  • Amerika Ovozi

Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod (o'rtada), vitse-prezident Muhammad Rizo Rahimiy (chapda), Tehron, 1-may, 2011-yil

Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod (o'rtada), vitse-prezident Muhammad Rizo Rahimiy (chapda), Tehron, 1-may, 2011-yil

Eron uning atom dasturi bois joriy etilgan G'arb sanksiyalari kuchayganini tan olmoqda. Yevropa Ittifoqi kechadan boshlab bu davlatdan neft xarid qilishni butunlay to'xtatgan.

Eron vitse-prezidenti Muhammad Rizo Rahimiy xalqqa murojaat etib, sanksiyalar asoratlariga qarshi kurashda yordam so'ragan.

Yevropa Ittifoqi jazo choralarini yil boshidan beri asta-sekin kirita boshlagan. Obama ma'muriyati ularni olqishlamoqda. Qo'shma Shtatlar ham Eron bilan biznes qilgan xorijiy kompaniyalarga qarshi sanksiya joriy etgan.

Oq uy matbuot kotibi Jey Karnyning aytishicha, ana shunday diplomatik strategiya yordamida Eron yakkalanib, xalqaro shartnomalarni bajarishga majbur bo'ladi.

"Tehron muzokaralardan unumli foydalanishi kerak", - deydi Oq uy vakili.

Seshanba kuni Istanbulda ushbu masala bo'yicha ekspertlar yig'ini o'tkaziladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG