Breaking News

Eronda saylovlar

Eronda 26-fevral kuni saylov o'tdi. Bu o'tgan yili Tehron yadro dasturi yuzasidan erishilgan xalqaro kelishuvdan so'ng o'tayotgan birinchi saylov. Bitim Eron yadroviy loyihasini qisqartirib, bu davlatga qarshi ayrim sanksiyalarni bekor qildi. Fuqarolar 290 o'rinlik yangi parlamentga ovoz berdi hamda oliy diniy peshvoni tayinlaydigan idora, 88 kishilik Ekspertlar Assambleyasini sayladi. Har ikkisida konservativ kuchlar ustunlik qilib keladi. Islohotchilar bu galgi saylovda ko'proq o'rinni qo'lga kiritish umidida. Bu saylov natijasi 2017-yilgi prezident saylovlariga ham ta'sir qilishi mumkin.

Ko'proq...

16x9 Image

Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG