AQSh: Suriya zulm o'tkazishda Erondan namuna olmoqda

  • AQSh maqola

AQSh: Suriya zulm o'tkazishda Erondan namuna olmoqda

AQSh: Suriya zulm o'tkazishda Erondan namuna olmoqda

Qo’shma Shtatlar nazarida Eron Islomiy Respublikasi Suriyaga repressiya va xunrezlikdan dars bermoqda.

Suriyada mart oyida g’alayonlar boshlanganidan beri bu mamlakatning eng yaqin hamkori va ittifoqchisi – Eron ularni bostirishda Bashar al-Assad ma’muriyatiga yordam berib kelayapti. Qurol-yarog’ hamda politsiya malakasini oshirish bilan.

Mahmud Ahmadinajod, Eron prezidenti

Mahmud Ahmadinajod, Eron prezidenti

Islomiy Respublika bu borada katta tajribaga ega. 2009 yilgi prezident saylovlari ketidan avj olgan namoyishlar kuch bilan to’xtatilgan, muxolifat a’zolari qamoqqa tashlanishi bilan yakunlangan edi.

Damashq hukumati ham shu yo’ldan bormoqda. Turli shaharlarda har kuni otishma, xunrezlik. Ammo erkinlikka talpinish davom etayapti.

Maykl Pozner (Posner), AQSh Davlat kotibi muovini

Maykl Pozner (Posner), AQSh Davlat kotibi muovini

AQSh Kongressiga hisobot berar ekan, Davlat kotibining demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari bo’yicha muovini Maykl Pozner deydiki, prezident Bashar al-Assad tinch namoyishlarni qurol bilan bostirdi, unda ishtirok etgan fuqarolar hibsga olinib, qiynoqqa solindi.

Huquq faollari hisobicha, Suriyada shu kungacha 1600 kishining yostig’i qurigan. Yana minglab fuqaro qamoqda. “Hukumat o’z xalqini garovda saqlayapti”, - deydi Maykl Pozner.

Uning aytishicha, suriyaliklar qo’rquvni chetga surib, armiyaning vahshiy harakatlariga munosib javob bermoqda. Ularning talabi – ozodlik, haq-huquqlariga hurmat, adolatli boshqaruv.

Qo’shma Shtatlar ham xalq irodasi amalga oshishini istaydi, deydi rasmiy.

Suriyada hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Suriyada hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Erondagi tuzum Suriyaga repressiyadan dars berayotgani bir fojia. Lekin eronliklar ham o’z jasorati bilan qo’shnilarga namuna bo’la oladi.

AQSh rahbari Barak Obama ta’kidiga ko’ra, mintaqada ilk namoyishlar aynan Tehron ko’chalarida boshlangan. 2009 yilgi voqealar aks-sadosi haligacha quloqqa chalinadi.

Obama nazarida, diktatura changalidan xalos bo’lishga urinayotgan Yaqin Sharq jamiyatlarida omma repressiyani yengishi, zolimlar taxtdan qulashi muqarrar. Amerika, deydi u, bu xalqlar tomonida. Chunki inson huquqlari e’zozlangan jamiyatlar va shu tariqa dunyo tinch va barqaror bo’ladi.

XS
SM
MD
LG