G'arb-Eron savdosi shu hafta tugaydimi?

  • Amerika Ovozi

Venada muzokaralar, Eron va AQSh delegatsiyalari

Venada muzokaralar, Eron va AQSh delegatsiyalari

Eron va olti yirik davlat Venada yadro dasturi xususida muzokara qilishda davom etmoqda. Muloqot uchun ajratilgan qo'shimcha vaqt ham yakunlanganiga qaramay, tomonlar juma kungacha gaplashishga qaror qildi.

G'arb diplomatlaridan birining aytishicha, Eron bilan cheksiz muzokara qilinmaydi, jumadan so'ng muloqot uzaytirilmaydi.

"Yo bitimga 48 soat ichida erishamiz yoki muloqotni to'xtatamiz", - deydi diplomat.

Eron bosh muzokarachisi Abbos Araqchining aytishicha esa, qancha vaqt ketsa ketsin, muhimi bitimga erishish.

AQSh delegatsiyasi vakili Meri Xarfning bildirishicha, Qo'shma Shtatlar uchun ham muhimi vaqt emas, yakuniy bitimning sifati.

Erondan yadro dasturini cheklash so'ralmoqda, Tehron esa iqtisodiy sanksiyalarni darhol bekor qilishni talab qilyapti.

Tomonlar BMT inspektorlarining Eron yadro inshootlarini nazorat qilish darajasi hamda sanksiyalarni qaysi pallada bekor qilish kerakligi xususida kelisha olmayapti.

Ma'lum bo'lishicha, Tehron endi BMT tomonidan joriy etilgan qurol embargosini olib tashlash talabini ham olg'a surgan, G'arb davlatlari bunga qarshi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, "Islomiy davlat"ga qarshi kurash uchun Eron qurol sotib olish imkoniga ega bo'lishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG