Breaking News

Eronda yana bir amerikalik hibsda


E'tiborlisi, deydi kuzatuvchilar, Namoziy Eron yadro dasturiga doir bitim kuchga kirgan sana - 18-oktabrdan bir necha kun o'tib ushlangan.
E'tiborlisi, deydi kuzatuvchilar, Namoziy Eron yadro dasturiga doir bitim kuchga kirgan sana - 18-oktabrdan bir necha kun o'tib ushlangan.

Eron rasmiylari ham Amerika, ham Eron fuqaroligi bor konsultant tadbirkor Siamak Namoziyni hibsga olgan. U ikki hafta oldin Tehrondagi qarindoshlarini ko'rish uchun borganida qo'lga olingan. Namoziy Dubayda joylashgan neft kompaniyasida strategik rejalash bo'limini boshqaradi.

"Voll-Strit jornal" nashrining yozishicha, tadbirkorni Eron inqilobiy gvardiyasi soqchilari ushlab olib ketgan. Gvardiya rasmiy Tehronga emas, ko'proq diniy peshvo Oyatulla Ali Homeneiyga bo'ysunadi.

E'tiborlisi, deydi kuzatuvchilar, Namoziy Eron yadro dasturiga doir bitim kuchga kirgan sana - 18-oktabrdan bir necha kun o'tib ushlangan.

Davlat departamenti bu borada biror munosabat bildirganicha yo'q. Biroq AQSh Davlat kotibi Jon Kerri shu hafta Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan ko'rishib, Amerika fuqarolarini qamash holatlari yuzasidan xavotir bildirgan.

Hozir Eron turmalarida qolayotgan amerikaliklar soni to'rt nafar. "Vashington Post" muxbiri Jeyson Rezayan, sobiq harbiy Amir Hikmatiy, ruhoniy Said Obidiniy va Siamak Namoziy.

Ular josuslik, davlat xavfsizligiga tahdid kabilarda ayblanmoqda. Davlat departamenti Tehrondan ularni darhol ozod etishni talab qilib keladi.

Siamak Namoziy
Siamak Namoziy

Namoziy Eronda tug'ilib, bolaligi o'sha yerda o'tgan. 1979-yilgi inqilobdan keyin otasi BMTda ishlash uchun oilasi bilan mamlakatdan chiqib ketgan. Namoziyning oilasi voqea yuzasidan sukut saqlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG