Yevropa Ittifoqi: Eron yadroviy muzokaraga qaytishi mumkin

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton va Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Ashton, Vashington, 17-fevral 2012

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton va Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Ashton, Vashington, 17-fevral 2012

Yevropa Ittifoqi nazarida, Eron o’z yadroviy dasturi yuzasidan ko’p tomonlama muzokaralarga qaytishi mumkin.

Blok bosh diplomati Ketrin Ashton kuni kecha Vashingtonda bo’ldi va Davlat kotibasi Xillari Klinton bilan muloqot ketidan shuni ma’lum qildiki, Eron uning 2011-yilning oktabrida yozgan maktubiga javob bergan.

Eron bosh muzokarachisi Said Jaloliy yozgan bu xatda, atom loyihasi tinch maqsadlarni ko’zlashi va bu borada xalqaro hamjamiyat bilan gaplashishga tayyor ekanini bildirgan.

Eron xalqaro hamjamiyat bilan til topishish istagida bo’lsa, bu ijobiy yangilik, deydi AQSh bosh diplomati Xillari Klinton.

Lekin muzokaralarning boshqa ishtirokchilari - Rossiya, Xitoy, Fransiya, Britaniya va Germaniya hali bu borada munosabat bildirmagan.

Klinton xonim deydiki, Eron oldin ham muzokaraga tayyor ekanini bildirib, keyinchalik so’zidan qaytgan. Shu bois, xalqaro hamjamiyat shoshmay ish tutadi, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG