Eron Amerika dengizchilarini qo'yib yuborgan

  • Amerika Ovozi

Eron hukumati taqdim etgan surat: Amerika harbiy kemasi

Eron hukumati taqdim etgan surat: Amerika harbiy kemasi

Eron adashib uning suvlariga kirib qolgan amerikalik dengizchilarni bir kundan so'ng qo'yib yuborgan. Pentagon bu xabarni tasdiqlagan. Barcha 10 matros sog'-salomat ekani aytiladi.

Dengizchilar ikki kichik kemada Fors ko'rfazida Quvayt va Bahrayn o'rtasida suzib ketayotib, navigatsiya tizimi ishdan chiqib yo'ldan adashgan va Forsiy oroli yonida Eron harbiylari tomonidan surishtiruv uchun ushlangan edi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Eron tashqi ishlar vaziri bilan muloqotga kirishib, matroslarni qaytarishga muvaffaq bo'lgan. Kerri masala tez va tinch hal bo'lganida Eron hukumatiga minnatdorchilik bildirdi.

Eron Inqilobiy gvardiyasining bildirishicha, Qo'shma Shtatlar harbiylarining Eron hududiga kirgani uchun uzr so'rab, bu ish ortiq takrorlanmaydi, deya ishontirganidan so'ng amerikalik dengizchilar qo'yib yuborilgan.

Forsiy orolida Inqilobiy gvardiyaning harbiy-dengiz bazasi joylashgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG