Isroil qarshiligiga qaramay Eron bilan yadroviy muzokaralar davom etadi

  • Amerika Ovozi

Eron, Britaniya va Amerika rasmiylari

Eron, Britaniya va Amerika rasmiylari

Uch kundirki Jenevada Eron bilan muzokara olib borgan G’arb diplomatlari deydiki, yadroviy kelishmovchilikka chek qo’yish uchun hali uzoq ter to’kish kerak.

Ingliz Tashqi ishlar vaziri Vilyam Xeyg muloqot ijobiy kechdi ammo xulosa qilishga hali erta deydi.

Fransuz bosh diplomati Loran Fabius tahlilicha esa murosa yo’lida to’siqlar ko’p. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri ham shu fikrda.

Rossiya va Xitoy muzokaraga bugun qo’shildi. Umuman olganda, hamma Eron rasmiylari bilan kechayotgan uchrashuvlardan mamnun. Yondashuv ijobiy, so’zlashuv ijobiy, bu ham o’ziga yarasha progress, deydi diplomatlar.

Bu orada Isroil Eron bilan har qanday murosaga erishish yovuz niyatli bu davlatga bosh egish bo’ladi deya qarshilik bildirib turibdi. AQSh prezidenti Barak Obama Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan gaplashib, maqsad Eronni atom quroli yaratmaslikka ko’ndirish, bu xavfni bartaraf etish va eng muhimi, tinchlik saqlash ekanini aytgan. Yahudiy davlat esa Eronga umuman ishonmaslik kerak degan pozitsiyasiga qat’iy.

Isroilning xavotiri shuki, Eron bilan muzokaralarda G’arb amaldagi sanksiyalarni yumshatishga yoki ayrimlarini olib tashlashga ko’nishi mumkin.

Islomiy respublika esa uranni boyitishni sekinlashtiramiz yoki bekor qilamiz deya aldab, o’zini xalqaro maydonda g’olib sifatida ko’rsatishi mumkin, deydi Isroil rasmiylari. G’arb nazarida esa bunday xulosalar qilish uchun hozircha asos yo’q.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG