Basradagi portlashda 53 kishi halok bo'lgan

  • Amerika Ovozi

Basra, Iroqning Bag'doddan keyingi, eng yirik shahri

Basra, Iroqning Bag'doddan keyingi, eng yirik shahri

Iroqning janubiy Basra shahrida yirik bir masjidda shialar ziyorat qilayotgan paytda bir kishi o’zini portlatib, 53 odamni o’ldirgan, 100 dan ortig’i jarohatlangan.

Xurujda aynan politsiya nishonga olingan.

O’tgan yil oxirida Amerika Iroqni butunlay tark etganidan beri mamlakatda mazhablararo nizolar avj olmoqda.

Hukumat nazoratni kuchaytirib, vaziyatni o’nglashga urinmoqda, ammo shia va sunniylar orasidagi nifoq kun sayin chuqurlashib bormoqda.

Saddam Hussayn davrida sunniylar davlat tepasida edi. Endi esa shialar. Ikki mazhab va kurdlar hokimiyatni bo’lisha oladi degan umid bor edi.

Ammo tomonlar siyosiy jihatdan kelisha olmayapti. Bu esa omma orasida aks sado berib, zo’ravon kuchlar fursatdan foydalanmoqda, deydi kuzatuvchilar.

O’tgan oy sunniy vitse-prezident Tariq al-Hoshimiy qabih jinoyatlarda ayblanib, hibsga olinishi buyurilgach, u kurdlar mintaqasiga qochib ketdi.

Hoshimiy o’zini gunohsiz deb biladi va shialarni alamm, qasos va nafratda ayblamoqda. Bu mashmasha boshlanganidan beri mazhablararo to’qnashuv va hujumlarda 100 oshiq iroqlik o’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG