Iroqdagi xurujlar 72 odamni hayotdan olib ketdi

  • Amerika Ovozi

Iroqdagi xurujlar 72 odamni hayotdan olib ketdi

Iroqdagi xurujlar 72 odamni hayotdan olib ketdi

Iroq rasmiylarining aytishicha, Bag’dod va janubdagi boshqa shaharlarda portlash ro’y berib, 72 odam o’lgan. Jarohat olganlar 130 dan ziyod.

Nosiriya ayniqsa ko’p talofat ko’rgan – ziyoratchilar nishonga olinib, 45 kishi jon bergan.

Iroqdagi xurujlar 72 odamni hayotdan olib ketdi

Iroqdagi xurujlar 72 odamni hayotdan olib ketdi

Bag’dodning Sadr tumanida ikki xuruj amalga oshirilib, ko’p o’tmay poytaxtning shialar yashovchi Kozimiya tumanida mashina portlab, o'nlab odamni hayotdan olib ketdi, deydi rasmiylar.

Ikki hafta oldin Bag’doddagi xurujlar 69 fuqaroning yostig’ini quritgan edi.

Bosh vazir Nuri al-Malikiyning shia hukumati sunniy vitse-prezident Tariq al-Hoshimiyni jinoiy to’dani moliyalaganlik, raqib siyosatchilarga qarshi suiqasdlar rejalaganlikda ayblab, qamashga ko’rsatma bergan edi.

Hoshimiy bu ayblovni rad etib, qisman muxtor Kurdistonga qochdi.

Malikiy uni Iroq adliyasiga topshirishni so’rasa, Kurdiston muzokaraga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG