Breaking News

Iroqda o'g'irlangan odamlarning jasadi topildi


Iroq rasmiylarining aytishicha, Bag’doddan shimolda sal avval o’g’irlangan 18 kishining jasadi topilgan.

Kecha kechqurun va bugun tongda harbiy forma kiygan guruh Mishohda va Tarmiya shaharlarida xonadonlarga kirib, erkaklarni quvib solgan.

Oradan bir necha soat o’tib, o’sha atrofda ularning jasadi topilgan.

Bu kimning ishi ekani hali noma’lum, ammo harbiy formadagi jangarilar shu xildagi hujumlarni amalga oshirib turadi.

O’lganlar orasida politsiyachi, armiya rasmiysi va kamida bir oqsoqol bor ekani aytilmoqda.

Iroq kelajagi - US/Iraq
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:29 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG