Bag'doddagi xurujlarda kamida 22 odam o'lgan

  • Amerika Ovozi

Xurujdan so'ng

Xurujdan so'ng

Iroq poytaxti Bag'dodda payshanba kuni ikki suiqasd xuruji sodir etilib, kamida 22 odam o'lgan.

Birinchi portlash shaharning sharqiy qismidagi tijoriy ko'chada yuz berdi - 15 odam o'lgan, 35 nafari jarohat olgan. Ikkinchi bomba esa shaharning shimoliy qismida joylashgan yirik harbiy baza yonidagi avtobus bekatida harakatga keltirildi - 12 odam nobud bo'lgan, 28 kishi yaralangan.

Bu ish ortida kim turgani ma'lum emas, ammo so'nggi paytlardagi deyarli barcha xurujlarga "Islomiy davlat" qo'l urgan.

Bu o'rtada Iroq armiyasi Fallujada Daishga qarshi yurishini davom ettirmoqda. Janglar bir necha hafta davomida kechmoqda, hukumat shaharni jangarilardan tortib olishga urinmoqda. "Islomiy davlat" Fallujani 2014-yil yanvarida egallab olgan edi.

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi "Human Rights Watch" tashkiloti Iroq armiyasini Falluja amaliyotida tinch aholini qirayotganini da'vo qilib, bu holatni tergov qilishga chaqirdi.

Shahar kasalxonasiga tushgan yuzlab erkaklar armiyaga yordam berayotgan xalq mobilizatsion kuchlarini hamlada aybladi.

BMT hisobiga ko'ra, 50 ming tinch aholi Fallujadan chiqolmay qolgan, jangarilar qochishga uringanlarni o'ldirmoqda. Ba'zilar eni 300 metr Furot daryosi orqali qochishga harakat qilgan, ammo bir necha odam, jumladan, bolalarning cho'kib nobud bo'lgani aytilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG