BMT: Iroqda o'tgan bir yilda 19 ming begunoh fuqaro o'lgan

  • Amerika Ovozi

Vayron bo'lgan Ramadi. 16-yanvar, 2016-yil.

Vayron bo'lgan Ramadi. 16-yanvar, 2016-yil.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisoblashicha, Iroqda 2014-yilning boshi va o'tgan yilning oktabri orasida qariyb 19 ming odam o'lgan. Yana uch milliondan ziyod odam uyini tashlab qochgan.

Talofatlar, ayniqsa, "Islomiy davlat" to'dasi Iroqning shimoli va g'arbini bosib olishi bilan izohlanadi. Shuningdek, Amerika boshliq xalqaro koalitsiya jangarilar manzillarini bombardimon qilishi ortidan ham o'lganlar soni ko'paygan.

Iroqda oddiy aholi qanchalik azob chekayotganini so'z bilan tasvirlash qiyin, deydi BMT rasmiysi Zaid Raad al-Husayn. Qanchasi otishma-yu portlashlardan, yana qanchasi ochlik, suvsizlik va dori-darmon yetib kelmaganidan nobud bo'layapti, deydi u.

BMTning bildirishicha, jangarilar qo'lida qolayotgan uch yarim mingdan ziyod odam jinsiy tajovuz, zo'rlashlarga chidab yashamoqda. Bu insonlarning aksariyati ozchilik elat, yazidiylar ekani ma'lum. BMT hukumat tomonida jang qilayotgan kuchlarni ham huquqbuzarlikda ayblab tanqid qiladi.

Iroq xavfsizlik kuchlari safida, bu orada, o'tgan bir yilda o'lganlar sakkiz mingga chiqqan.

Xalqaro tashkilotning Iroq bo'yicha vakili Yan Kubisning aytishicha, Iroq hukumati jahon ahlining yordamiga muhtoj. Jangarilarni mag'lub etib, shaharlarni qayta tiklash va odamlar uylariga qaytishi uchun sharoit yaratish uchun yordamni oshiraylik, deydi u.

BMT hisobotida yozilishicha, "Islomiy davlat" guruhi asosiy janglarni ataylab oddiy aholi yashaydigan mahallalarda olib borayapti va portlashlarda tinch fuqarodanfoydalanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG