Iroq poytaxtida namoyishlar tindi

  • Amerika Ovozi

Shia ulamo Muqtada al-Sadr tarafdorlari Bag'dodda namoyish qilmoqda.

Shia ulamo Muqtada al-Sadr tarafdorlari Bag'dodda namoyish qilmoqda.

O’tgan hafta Iroq poytaxti Bag’dodda parlament binosini egallab olib, hukumatga qarshi namoyish qilgan odamlar tarqalib, dushanba kuni shaharda vaziyat normal holatga qaytgan.

Namoyishchilar yetakchisi, ko’zga ko’ringan shia ulamosi Muqtada al-Sadr diniy marosim boshlanganiga ishora qilib, tarafdorlarini jumagacha maydonni tark etishga chaqirgan, ammo juma kuni namoyishlar davom etishini aytgan.

Sadr hukumatga tanish-bilishlarni emas, professional kadrlarni tayinlashni talab qilmoqda.

Siyosiy islohotlarni va'da qilgan Bosh vazir Haydar Abadiy buning uddasidan chiqqanicha yo'q - hokimiyatni qo'ldan chiqarishni istamayotgan siyosiy partiyalar Abadiy taklif etgan nomzodlar ro'yxatini bir necha bor qabul qilmadi.

Shanba kuni namoyishchilar parlamentga bostirib kirdi, natijada, asosan, ozchilikdagi kurd va sunniy partiyalariga a'zo 60 deputat Irbil va Sulaymoniyaga qochdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG