Iroq armiyasi Falluja uchun jangga kirdi

  • Amerika Ovozi

Iroq jangchisi Falluja chegarasida. Anbar viloyati, 13-avgust, 2015-yil.

Iroq jangchisi Falluja chegarasida. Anbar viloyati, 13-avgust, 2015-yil.

Iroq armiyasi bir necha oydirki qamalda qolayotgan Falluja shahrini "Islomiy davlat" guruhidan ozod qilishga kirishdi.

Falluja 2014-yilda ekstremistlar qo'liga tushgan birinchi shaharlardan edi. Jangarilar u yerda mahkam o'rnashib olgan.

Bosh vazir Haydar al-Abadiy qurolli kuchlar g'alabaga yaqin turibdi, deya ishontiradi.

Falluja uzra yana davlat bayrog'i hilpiraydi, hali ko'rasiz, dedi Abadiy yakshanba kuni televideniyeda qilgan chiqishida.

Siyosiy tanazzul domiga botgan bosh vazir mamlakatning yirik harbiylari va aksil-terror kurash bo'yicha mutaxassislar bilan yonma-yon turib so'zladi.

Iroq armiyasi shahar ahlidan o'zlari yashayotgan imoratlar uzra oq bayroqlarni ko'tarishni so'rayapti.

Hukumat Fallujadan xavfsiz koridorlar tortishga, tinch aholi bemalol chiqib ketishi uchun sharoit yaratishga bir necha bor urindi. Lekin harakatlar zoye ketgan. Ba'zilarni "Islomiy davlat" to'dasi to'xtatsa, boshqalari portlashlarda nobud bo'lgan.

Bu galgi harbiy amaliyotda armiya, aksil-terror bo'linmalar, ko'ngilli sunniy jangchilari va shia jangchilar ishtirok etayapti. Falluja sunniylarning qarorgohi hisoblanadi.

Bu orada, Amerika harbiy havo kuchlar bir necha haftadan beri shaharda ekstremistlar manzillarini bombardimon qilib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG