Breaking News

Iroqning Beyji shahrida qonli janglar


Armiyaga yollanayotgan ko'ngillilar ko'rikdan o'tayapti. Bag'dod, 20-yun.
Armiyaga yollanayotgan ko'ngillilar ko'rikdan o'tayapti. Bag'dod, 20-yun.

Mamlakatdagi eng yirik neft zavodi shu shaharda va hozir inshootning yarmi hukumat qo’lida, qolgani jangarilar ixtiyorida.

Iroq armiyasi va jangarilar bugun ham yirik neft zavodi ustida olishishda davom etayapti. Qo’shma Shtatlar esa sunniy jangarilarga qarshi kurashda yordam tariqasida harbiy maslahatchi jo’natmoqchi.

Bag’dod yaqinidagi Beyji shahrida neftga ishlov beruvchi zavodni egallayman deb jangarilar armiya bilan qattiq jang qilayapti.

Oxirgi ma’lumotga ko’ra, inshootning yarmi hukumat qo’lida, qolgani jangarilar ixtiyorida.

Davlat departamentining bildirishicha esa Iroq va Shom islomiy davlati guruhi Saddam Husayn davridan qolgan kimyoviy qurol omborini qo’lga kiritgan.

Departamenti matbuot kotibi Jennifer Psakining so’zlariga ko’ra, inshootda hech qanday harbiy aslaha yo’q.

Prezident Barak Obama Iroqqa zarur aslaha, 300 nafar harbiy maslahatchi jo’natishga tayyor. Bu ekspertlar Iroqning yirik shaharlarida o’rnashib olgan jangarilarga qarshi kurashda tavsiyalar beradi.

Oq uyda so’zlagan Obamaning aytishicha, Iroqda 2003-yilda boshlangan urushdan chuqur jarohat qolgan. Amerika Iroqqa askar jo’natmaydi, dedi u. Lekin aniq harbiy zarbalarni amalga oshirish muhokamada.

Davlat kotibi Jon Kerri hozir Yaqin Sharq va Yevropadagi ittifoqchilar bilan Iroqqa ko’mak yo’llari haqida fikr almashayapti.

Diplomatning aytishicha, Iroq va Shom islomiy davlati guruhi mintaqadagi barcha mamlakatlar uchun tahdid. Lekin ixtilofni faqat harbiy usul bilan yechib bo’lmaydi, deydi u.

Bu orada, Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy xavfli manzillarda jangarilarga qarshi kurash uchun ko’ngillilarga oyiga 644 dollar maosh taklif qildi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG