ISID nasroniylarni e'tiqodini o'zgartirishga majburlamoqda

  • Amerika Ovozi

Iroq va Shom islom davlati boshqaruvi ostidagi Mosul shahri, Iroq, 16-iyul, 2014-yil

Iroq va Shom islom davlati boshqaruvi ostidagi Mosul shahri, Iroq, 16-iyul, 2014-yil

Qo’shma Shtatlar va BMT Xavfsizlik Kengashi Iroqning bir qismini nazorat qilayotgan “Iroq va Shom islomiy davlati” guruhi yoki qisqachasiga ISID ning boshqa din vakillariga qarshi zulmini qoralagan.

Guruh nasroniy va boshqa dindagi fuqarolarga islomni qabul qilishni yoki maxsus soliq to’lashni buyurgan. Yangi qoidalarga rioya qilmaganlar hududni tark etishi kerak, aks holda o’limga mahkum etiladi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibasi Meri Xarf bu qoidalarni qoralagan.

"ISID tomonidan etnik va diniy ozchilikdagi guruhlarning muntazam ravishda kamsitilayotganini qattiq qoralaymiz. Bu Iroqni bo’lish va parchalashga qaratilgan harakatlardir", - deydi AQSh rasmiysi.

Kecha BMT Xavfsizlik Kengashi bayonot chiqarib, ISID siyosatini tanqid qildi. Islomiy jangarilarning harakatlari insoniyatga qarshi jinoyat bilan barobar va ular bu ishi uchun javob beradi, deyiladi hujjatda.

Islom hamkorligi tashkiloti ham ISID faoliyati, xususan nasroniylarga qarshi do’q-po’pisalar, ularning hududdan haydalishini qoralagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG