Al-Bag'dodiy shahri "Islomiy davlat" dan tortib olindi

  • Amerika Ovozi

Anbar viloyatida "Islomiy davlat" ga qarshi kurashayotgan jangarilar

Anbar viloyatida "Islomiy davlat" ga qarshi kurashayotgan jangarilar

Iroq qurolli kuchlari "Islomiy davlat" terror guruhini mamlakat g'arbidagi al-Bag'dodiy shahridan quvib chiqargan.

Bu hududda AQSh zobitlari mahalliy harbiylarni treningdan o'tkazadigan baza joylashgan. Al-Bag'dodiy Anbar viloyatining bir qismi bo'lib, politsiya idoralari, uch ko'prik ekstremistlardan tortib olindi, deya ma'lum qilmoqda harbiylar.

O'tgan yilning sentabr oyidan beri al-Bag'dodiy shahri "Islomiy davlat" qo'lida edi.

Pentagon nazarida, Eron Iroqdagi shia jangarilarga ko'makni oshirib, vaziyatni yanada og'irlashtirmoqda.

Amerika va Eron, bir-biriga qanchalik qarshi tomonlar bo'lmasin, deydi general Martin Dempsi, Iroqda terrorizmga qarshi kurashda kelishib harakat qilishga majbur.

Maqsad "Islomiy davlat" dek qonxo'r kuchni yo'q qilish ekan, Tikrit singari shaharlarni undan tozalash uchun hamkorlik qilmasa bo'lmaydi, deydi AQSh generali.

Iroq qo'shinlari yaqin kunlarda keng qamrovli operatsiyalar rejalagan. AQSh ularga ko'maklashmoqda. Bunga parallel ravishda shia jangarilar ham "Islomiy davlat" ga qarshi kurashmoqda. Masalan, al-Bag'dodiy shahri uchun janglarda ular muhim rol o'ynadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG