Breaking News

Iroqda qurolli xurujlar, portlashlar


Bag'dod
Bag'dod
Iroqda terrorizmga qarshi kurash idorasining boshlig’i, rafiqasi va ikki farzandi bilan Bag’doddagi uyida o’ldirib ketilgan.
"Amerika Ovozi" xabarlari, 18-may, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:30 0:00
Yuklab oling

Al-Rashid mahallasidagi xonadonga bostirib kirilgan, soqchi halok bo’lgan, yana bir necha kishi yaralangan.

Hujumchilar qurolli guruh ekani ma’lum. Jinoyat ketidan qochib ketgan.

Basra shahrida esa sunniy peshvo uyi oldida o’ldirib ketilgan.

Kecha Iroq bo’ylab yuz bergan qator portlashlarda 70 kishi nobud bo’lgan.

Baquba, Falluja, Bag’dod va uning atrofidagi kichik shaharlarda bugun motam marosimlari kechdi.

Mazhablararo nizolar yana avj olgani bir haftada 100 dan ziyod odamning hayotiga zomin bo’ldi.

Bosh vazir Nuri al-Malikiy deydiki, jinoyatlarni oddiy fuqarolar emas, qattiq qurollangan va chet eldan yordam olayotgan jangari guruhlar amalga oshirmoqda.

Iroq xalqi tinch va totuv yashashni istaydi, jamiyat mazhablarga bo’lingan holda kun kechira olmaydi, deydi u.

Iroq fuqarolar urushi yoqasida, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00
Yuklab oling

Iroqning neftga boy Kirkuk mintaqasi tobora notinch/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:28 0:00
Yuklab oling

Iroqda jurnalistlar bosim ostida/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:42 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG