Kurdlar Iroqdagi ikki neft konini qo'lga oldi

  • Amerika Ovozi

Kurd askarlari

Kurd askarlari

Kirkuk va Bay Hasan konlarini qo'ldan boy bergan rasmiy Bag'dod g'azabda va kurd askarlaridan hududni tark etishni talab qildi.

Kurd qo'shinlari Iroq shimolidagi ikki neft konida nazorat o'rnatdi. Kirkuk va Bay Hasan qora oltin konlarini qo'ldan boy bergan rasmiy Bag'dod g'azabda va kurd askarlaridan hududni tark etishni talab qildi.

Kurdiston muxtoriyati va Bag'dod o'rtasida ziddiyat tobora avj olayapti. Bir oy oldin kurd harbiylari Kirkuk shahri va shimoldagi boshqa hududlarni egallab olgan edi. Iroq askarlari sunniy jangarilar bosimiga dosh berolmay harbiy postlarini tashlab qochgan, shu bois ham kurd armiyasi tashabbusni qo'lga oldi, deydi Kurdiston muxtoriyati rasmiylari.

Kurd siyosatchilari Iroq Bosh vaziri Nuri al-Mailikiy hukumatini tark etib, vazirni tajang, jazavali deya tanqid qilgan.

Bosh vazir esa kurdlarni sunniy jangarilarni pana qilayotganlikda ayblaydi.

Shu hafta boshida Iroq parlamenti navbatdagi sessiyani avgust o'rtalariga kechiktirgan. Qonunchilar hokimiyatni qanday taqsimlash masalasida biror to'xtamga kela olmayapti.

Malikiyning shia koalitsiyasi parlament saylovlarida ko'p ovozlarni jamg'argan. Biroq safdosh qonunchilar uni ishdan ketishga undayapti. Tanqidchilar nazarida Malikiy sunniy va kurd aholi manfaatlarini pisand qilmay xato qildi.

Iroq shimoli va g'arbi hozir jangarilar qo'lida va hukumatdan norozi sunniy aholini safga tortishi qiyin bo'lmayapti.

BMTning hisob-kitobiga ko'ra, shu yil boshidan beri o'lganlar 7160 odam. O'tgan yili bu raqam 9 ming odamni tashkil etgan edi.

Kurd siyosatchilari Iroq Bosh vaziri Nuri al-Mailikiy hukumatini tark etib, vazirni tajang, jazavali deya tanqid qilgan.

Kurd siyosatchilari Iroq Bosh vaziri Nuri al-Mailikiy hukumatini tark etib, vazirni tajang, jazavali deya tanqid qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG