Iroqda ayrim matbuot organlarini yopish haqida qaror chiqdi

  • Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi", "Bi-Bi-Si" shular jumlasidan.

"Amerika Ovozi", "Bi-Bi-Si" shular jumlasidan.

Iroq Aloqa va matbuot komissiyasi mamlakatda faoliyat yuritayotgan ayrim ommaviy axborot vositalarini yopishga qaror qilgan.

Shunga qaramay Amerika Ovozi hamda boshqa stansiya va agentliklar ishini davom ettirmoqda.

Komissiya litsenziyalarining muddati tugaganini sabab qilib ko'rsatmoqda. Ularning ro'yxati Ichki ishlar vazirligiga yuborilib, ularga chora ko'rishda yordam so'ralgan. Yaqin kunlarda ba'zi agentliklar idoralari kuch bilan yopilishi, reydlarga uchrashi kutilmoqda.

Jurnalistik erkinliklarni kuzatuvchi mahalliy tashkilot bergan ma'lumotga ko'ra, ro'yxatda 44 agentlik bor. Amerika Ovozi va BBC shular jumlasidan.

Amerika Ovozi qaror ortidagi asl sababni o'rganishga harakat qilmoqda. Bu shunchaki litsenziya va to'lqinlar bilan bog'liq texnik masalami yoki agentlikning Iroqdagi muxbirlari faoliyatini cheklashga qaratilgan senzuraga doir chorami.

Iroq tashkiloti komissiya qarorini qoralab, Iroq konstitutsiyasining so’z erkinligini kafolatlovchi bandiga zid degan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG