General Odiyerno: Iroq bo'linishi mumkin

  • Amerika Ovozi

AQSh armiya shtabi rahbari general Rey Odiyerno

AQSh armiya shtabi rahbari general Rey Odiyerno

AQSh armiya shtabi rahbari general Ray Odiyernoning aytishicha, "Islomiy davlat"ga qarshi Amerika yetakchiligidagi koalitsiya kuchlari havo hujumlari so'nggi bir yilda sezilarli natija bermadi.

"Agar kelasi bir necha oyda Iroq armiyasi g'alaba qozonmasa, Vashington amerikalik harbiylarni jang maydonida Iroq askarlariga qo'shib, natija qanday bo'lishini ko'rish kerak", - deydi general.

Biroq, deydi Odiyerno, faqat AQSh harbiy qudratiga umid qilmaslik kerak, chunki harbiylar Iroqning iqtisodiy va siyosiy muammolarini hal eta olmaydi.

"Islomiy davlat"ni yengdik ham deylik. Keyinchi? Olti oydan keyin yana boshlang'ich nuqtaga qaytamiz", - deydi AQSh armiyasi rahbari.

Uning nazarida Iroqning sunniy va shia aholisi endi bir mamlakatda yashay olmasligi mumkin. General Odiyerno Iroq bo'linishi mumkinligini hisobdan chiqarmadi.

"Bu yagona chora bo'lishi mumkin, biroq hozir shunday bo'lishi kerak deya olmayman", - deydi u.

Iroq rasmiylariga ko'ra, poytaxt Bag'dodning shia mahallasida yuk mashinasiga ortilgan bomba portlab, kamida 67 odam o'lgan. Xuruj gavjum "Jamila" bozorida ro'y bergan, ko'plar yarador. "Islomiy davlat" voqea ortida turganini tan oldi.

Sunniy jangari guruhi shialarni bid'atchilar deb biladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG