Peshmerga G'arbdan og'ir qurollar so'ramoqda

  • Amerika Ovozi

Iroq shimolida peshmerga nomini olgan kurd jangchilari “Islomiy davlat” guruhiga qarshi kurashmoqda. Ularga AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya havodan yordam berib keladi.

Peshmerga qo’mondonlari koalitsiyadan kuchliroq qurollar so’ramoqda.

“Frontdagi to’rt og’ir pulemyotlarimizdan odatda bittasi muntazam ishlab turadi. Qayta-qayta tuzatishga majburmiz. Qo’limizdagi yengil qurollar ham eski”, - deydi general Said Xazar.

Iroq hukumati ularga zarur resurslarni yetkazmaydi. AQSh Mudofaa vazirligi esa muammo borligini rad etadi.

“Iroq hukumati bilan yaqindan ishlashda davom etayapmiz. Barcha zarur anjomlar peshmerga kuchlariga markaziy hukumat orqali yetkazilyapti”, - deya bayon qildi Pentagon so’zlovchisi Piter Kuk.

AQSh, Fransiya va Germaniya kurd jangchilarini qurol-aslaha va o’q-dori bilan ta’minlaydi. Ularga maosh ham to’laydi. Ammo bu yetarli emas.

“Ilg’or qurollar, tunda ko’ra oladigan binokllar, og’ir avtomatlar va zirhli mashinalar kerak bizga”, - deydi general Xazar.

G’arbda xavotir shuki, og’ir qurollar avtonomiya uchun kurashda ham qo’l keladi. Qo’shma Shtatlar Kurdiston Iroqdan ajralishini hech qachon yoqlamagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG