Iroq armiyasi Ramadini "Islomiy davlat"dan ozod qilgan

  • Amerika Ovozi

Harbiylar bugun, dushanba kuni shaharni ko'chama-ko'cha tekshirishda davom etayapti. Maqsad jangarilar qoldirgan minalar, bombalarni aniqlab zararsizlantirish.

Harbiylar bugun, dushanba kuni shaharni ko'chama-ko'cha tekshirishda davom etayapti. Maqsad jangarilar qoldirgan minalar, bombalarni aniqlab zararsizlantirish.

Iroq armiyasi Ramadi shahrini qonxo'r "Islomiy davlat" to'dasidan ozod qilganini aytmoqda. Shahar hokimiyati binosi uzra davlat bayrog'i hilpiramoqda.

Harbiylar bugun, dushanba kuni shaharni ko'chama-ko'cha tekshirishda davom etdi. Maqsad jangarilar qoldirgan minalar, bombalarni aniqlab zararsizlantirish.

"Islomiy davlat" jangarilari Anbar viloyati poytaxti Ramadini may oyida bosib olgan edi.

Rasmiylar so'zlariga ko'ra, shaharning u yer bu yerida jangarilar qolayotgan bo'lishi mumkin.

Bag'doddan 100 kilometr g'arbroqda joylashgan Ramadida qancha tinch fuqaro borligini aytish qiyin. Ko'plar yaqin-atrofdagi kasalxonada jon saqlagan.

Bir necha oy davom etgan tayyorgarlik ketidan Iroq armiyasi Amerika boshliq koalitsiya yordamida o'tgan hafta shaharga hujum qilgan edi.

Amerika harbiy havo kuchlari o'tgan haftadan beri Ramadini kamida 29 bor bombardimon qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG