Breaking News

Muqtada al-Sadr iroqlik sunniylarni qo'llab-quvvatladi


Muqtada al-Sadr, Iroqdagi shialar diniy yetakchisi
Muqtada al-Sadr, Iroqdagi shialar diniy yetakchisi
Iroqda ko’zga ko’ringan shia ulamosi Muqtada al-Sadr hukumatdan milliy xavfsizlikka doir qonunlardan o’z manfaati yo’lida foydalanmaslikni so’ramoqda.

Bu borada Sadr bir necha haftadan beri namoyish qilayotgan sunniylarni qo’llab-quvvatlagan. Uning aytishicha, shia Bosh vazir Nuri al-Malikiy xolis siyosat yuritmayapti, qonunlardan to’g’ri foydalanmayapti.

"Muammo xavfsizlikka doir qonunlarda emas, balki ularning qo’llanilishida", - dedi Sadr.

Bu qonunlar terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxslarni hibsga olish hamda sobiq diktator Saddam Husaynning Baas partiyasiga aloqador rasmiylarni ishdan olish tartibini belgilaydi.

Iroqdagi sunniylar nazarida esa Malikiy qonunlardan ularni nishonga olishda, sunniylarni siyosiy hayotdan chetlatishda foydalanmoqda.

O’tgan oy Malikiy ma’muriyatidagi sanoqli sunniy vazirlardan birining hibsga olingani noroziliklarga sabab bo’lgan.

Malikiy hukumatga qarshi namoyishlarga ortiq toqat qilmasligini aytgan.

Sadr partiyasi Malikiyning parlamentdagi koalitsiyasiga kiradi. 325 deputatdan 40 nafari uning odamlari.

Arbob fuqarolarni shialar va sunniylarga ajratmayman, dedi.

Namoyishchilar bosh vazirni diktatorlikda ayblab, iste’foga chaqirgan. Sadr bu talablarga qo’shilishini aytdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG