Iroqda ko'zga ko'ringan sunniy siyosatchi g'oyib bo'lgan

  • Amerika Ovozi

Islomiy qurolli kuchlarga a'zolikda ayblanayotgan iroqliklar

Islomiy qurolli kuchlarga a'zolikda ayblanayotgan iroqliklar

Iroqda sunniy siyosatchi g’oyib bo’lgan. Riyod al-Adada – shifokor va Bag’dod viloyat kengashi raisi. Uni uyidan 10 qora mashinada qurollangan odamlar olib ketishgan.

Maxfiy xizmat uni hibsga olganmi yoki biror guruh garovga olgan, hozircha noma’lum.

Adada 2012-yilda terrorizmda ayblanib, sudlangan. Keyinroq qo’yib yuborilgan.

Shia Bosh vazir Nuri al-Malikiy sunniy siyosatchilarni sotqinlar deb ayblab keladi. Uning fikricha, nufuzli sunniylar qurollangan, ekstremist kuchlar bilan til biriktirgan.

Sunniylar nazarida esa rahbarlikni eplay olmayotgan Malikiy aybni o’zidan izlashi lozim. Mazhablararo nifoq va notinchliklar ortida aslida bosh vazirning o’zi turibdi, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG