Breaking News

Iroq kuchlari "Islomiy davlat"ni Tikritdan siqib chiqarmoqda


Iroq xavfsizlik kuchlari va shia jangchilari Tikrit g'alabani nishonlamoqda, 31-mart, 2015-yil
Iroq xavfsizlik kuchlari va shia jangchilari Tikrit g'alabani nishonlamoqda, 31-mart, 2015-yil

Iroq kuchlari Tikrit shahrida "Islomiy davlat"ga qarshi jang qilishda davom etmoqda. Hukumat bir necha haftadan beri shaharni jangarilardan tortib olishga harakat qilyapti.

Ichki ishlar vaziri Muhammad Salim al-G'abbonning aytishicha, Tikrit deyarli hukumat qo'lida, shahar jangarilar qoldiqlaridan tozalanmoqda.

Kecha Bosh vazir Haydar Abadiy askarlarni tarixiy voqea bilan qutladi.

Qo'shma Shtatlar bu xabarni olqishlagan. Pentagonga ko'ra, Iroq kuchlari shaharning markaziy qismini nazorat qilmoqda, xolos, qolganida hali ham "Islomiy davlat" faol.

AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya jangarilarni havodan nishonga olmoqda. Jihodchilar Tikrit va Mosulni o'tgan yili ishg'ol qilgan. Iroq kuchlari Tikritni ulardan tozalagach, Mosulga ham hujum qilmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG