AQSh Iroqqa 300 harbiy maslahatchi jo'natadi

  • Amerika Ovozi

AQSh rahbari Barak Obama Iroqdagi vaziyat yuzasidan Oq Uyda jurnalistlarga ma'lumot bermoqda, 19-iyun, 2014-yil.

AQSh rahbari Barak Obama Iroqdagi vaziyat yuzasidan Oq Uyda jurnalistlarga ma'lumot bermoqda, 19-iyun, 2014-yil.

Prezident Obama jangarilarga qarshi kurashda Iroq hukumatiga yordamlashish uchun Bag'dodga 300 maslahatchi jo'natilishini ma'lum qildi. Uning aytishicha, terrorchilar xurujini qaytarish uchun AQSh, shuningdek, Iroqqa qo'shimcha zarur anjomlar va razvedka ma'lumotlarini yetkazishda davom etadi.

Bugun Oq uyda xavfsizlik bo'yicha maslahatchilari bilan uchrashgan Obama Iroq xavfsizlik kuchlariga harbiy amaliyotlarni tashkil etishda yordamlashish uchun 300 ga yaqin maslahatchi jo'natish qaroriga kelgan.

Prezidentning aytishicha, Iroqda fuqarolar urushining oldini olish AQSh milliy manfaatlariga aloqador masala. Ammo, oxir-oqibat, inqirozni bartaraf etish mas'uliyatini iroqliklar o'z zimmalariga olishi kerak, dedi Obama.

So'nggi xabarlarga ko'ra, Iroq qurolli kuchlari va sunniy jangarilar davlatning eng yirik neft koni ustidan nazorat uchun olishayapti.

Beyji shahri aholisining aytishicha, neftga ishlov beruvchi zavod uzra jangarilar bayrog’i ko’tarilgan.

Hukumat Bag’dod va Mosul o’rtasida joylashgan bu konga hali ham ko’z-quloq ekanini aytadi.

Qo’shma Shtatlar Iroqda bir necha shaharni zabt etganini da’vo qilayotgan jangarilarga qarshi choralarni ko’rib chiqayapti.

General Martin Dempsining kecha Senat qo’mitasida so’zlashicha, Iroq hukumati harbiy yordam so’ragan, xususan, AQShdan havo hujumlarini amalga oshirishni iltimos qilgan.

Shia hukumat Iroq xalqining umidini oqlamadi, deydi general, barcha mazhablar va elatlarni birlashtirish va’dasini bajara olmadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG