Iroqda xurujlar, biroq AQSh armiyasi mamlakatni tark etishi aniq

  • Amerika Ovozi

Bugun Iroq shimolida harbiy patrul yonida portlash ro’y berib, kamida besh kishi jarohat olgan. Britaniya fuqarosi halok bo’lgan. Bag’dodda esa qishloq xo’jaligi vaziri muovini mashinasi yonida xuruj sodir etilgan.

Mazhablararo zo’ravonliklar davom etmoqda, Iroqda siyosiy partiyalar hukumat tuza olmayapti, lekin AQSh harbiylarini bu mamlakatdan olib chiqish qarorida qat’iy.

Shu yil avgustiga qadar Amerika qo’shini Iroqni butunlay tark etishi kerak. Obama ma’muriyatining rejasi shu. Vitse-prezident Jo Bayden nazarida Iroq o’zini-o’zi eplashga qodir.

“Iroq xavfsizligini mahalliy armiya ta’minlamoqda”, - deydi Bayden. “Rejaga ko’ra, 50 ming zobit Iroqda qolishi kerak. Treyning kabi maqsadlar uchun.

Shu paytgacha, Qo’shma Shtatlar 95 ming zobitni olib chiqib ulgurdi. Gap bitta – harbiylar uyga qaytadi”, - deydi Bayden.

Oq Uy Iroqdagi siyosiy partiyalarni bahs-munozarani tezlikda tugatishga, koalitsion hukumat tuzishga da’vat etmoqda. Iroqda bahor boshida parlament saylovlari o’tgan, hech bir partiya mutlaq ko’pchilik ovoz olmagan va tomonlar hamon talashmoqda.

Aholi esa yana urush, yana qirg’in boshlanadi deb qo’rquvda.

Jo Bayden “koalitsion hukumat tuziladi, bunga ishonchim komil”, - deydi. Uning nazarida bugungi siyosiy tortishuvlar - demokratik sinov. Urush haqidagi vahimalar o’rinsiz, deydi u.

Vaholanki, mart boshidan beri Iroqda xurujlar ko’lami yana oshgani kuzatilmoqda. Kecha Bag’dodda va Suriya bilan chegara yaqinida ikki portlash ro’y berib, o’nlab fuqaro nobud bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG