AQSh, Iroq rishtalarida yangi sahifa ochildi deydi prezident Obama

  • Amerika Ovozi

AQSh, Iroq rishtalarida yangi sahifa ochildi deydi prezident Obama

AQSh, Iroq rishtalarida yangi sahifa ochildi deydi prezident Obama

AQSh prezidenti Barak Obama bugun Oq uyda Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy bilan ko'rishgan. "Bundan e'tiboran, Iroq suveren, demokratik, o'ziga tayanib yashaydigan davlatdir", - dedi AQSh rahbari.

Amerika qo’shinlari 31-dekabrda mamlakatni butunlay tark etar ekan, Iroq endi o’z holiga qo’yilib, mahalliy armiya mas'uliyatni bo'yniga oladi.

“Tez kunlarda AQShning oxirgi harbiy bo’linmalari chegarani kesib, uyga qaytadi. Ular mag’rur, o’ktam qadam bosib, oilalar bag’riga qaytadi”, - dedi Obama.


"Ko'zlangan maqsadlarga demokratik yo'llar bilan erishdik", - dedi Malikiy. Ikki arbob aloqalarda "yangi sahifa" ochilganidan mamnun.

Barak Obama Iroq xalqi AQShga ishonishi, iqtisodiyoti, xavfsizlik va demokratiya qadriyatlarni tiklashda bizga suyanishi mumkin, dedi.

“Bosh vazir va men ikki xalq orasidagi mustahkam hamkorlikni olqishlaymiz”, - dedi u.

Iroq kelajagi, ikki davlat aloqalari, jumladan, energetika va ta’lim sohasida hamkorlik kun tartibidagi mavzular.

Muzokara ketidan rahbarlar qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi. So'ng Vashington yaqinida joylashgan Arlington milliy qabristoniga borib, marhum zobitlarni xotirladi.

Ikki arbob Vashington yaqinida joylashgan Arlington milliy qabristoniga borib, marhum zobitlarni xotirladi

Ikki arbob Vashington yaqinida joylashgan Arlington milliy qabristoniga borib, marhum zobitlarni xotirladi

2003-yilda urush boshlanganidan beri jon bergan 4480 dan ziyod askar shu yerga qo’yilgan.

Kecha Nuri al-Malikiy AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bilan gaplashgan. Ikki kunlik tashrifi davomida vitse-prezident Jo Bayden bilan ham uchrashadi.

Bayden o’tgan oy Iroqqa borganida aloqalarda yangi sahifa ochilmoqda, degan edi.

Amerika bostirib kirgach, qariyb to’qqiz yillk urush poyoniga yetar ekan, bugun Iroqda amerikalik 6000 askar bor. Harbiy kampaniya avj pallaga chiqqanida ularning soni 170 ming edi.

NATO Bosh kotibi Anders fog Rasmussen so’zlariga ko’ra, alyans Iroqdagi bazalarini yopib, askarlarini yil oxirigacha olib chiqadi.

Qo’shni Suriya notinch bir paytda mamlakat endi o’z xavfsizligini ta’minlay oladimi? Siyosiy hayot izga tushib ketadimi? Bular ko’p jihatdan yana uch yil bosh vazir bo’lib qoladigan Malikiyga bog’liq. Bugun Suriya haqida to'xtalgan Malikiy zo'ravonlikdan xoli choralar tarafdori ekanini ta'kidladi.

AQSh, Iroq rishtalarida yangi sahifa ochildi deydi prezident Obama

AQSh, Iroq rishtalarida yangi sahifa ochildi deydi prezident Obama

Prezident Obama esa endi ishga kirishganida bergan va’dalaridan birini bajardi hisob – askarlar vatanga qaytmoqda.

Chorshanba kuni prezident Shimoliy Karolina shtatidagi Fort-Bragg bazasida mana shu zobitlar va ularning oilalariga murojaat qilib, qilgan xizmatlari uchun rahmat aytadi.

Bugungi uchrashuvda, ayniqsa, AQSh va Iroqning xavfsizlik bobida kelgusi harakatlari muhokama qilinadi.

Rasmiy Bag’dod harbiy tayyorgarlikka muhtoj ekanini tan oladi. Mahalliy armiya hali zaif.

Rejaga ko’ra, xorijlik minglab harbiy mutaxassis qolib, mahalliy politsiya malakasini oshirishi kerak edi.

Lekin NATO, AQSh zobitlari mahalliy qonunlarga bo’ysunishi kerak, qabilidagi talablar bois, reja bosdi-bosdi bo’lib ketdi.

Bundan tashqari, xalqaro qo’shin ketib, Eron Iroqqa ta’sirini oshirishi mumkin. Prezident Obama bugungi chiqishida "chet davlatlar Iroq ishlariga aralashmasin" deya undadi.

AQSh, Iroq rishtalarida yangi sahifa ochildi deydi prezident Obama

AQSh, Iroq rishtalarida yangi sahifa ochildi deydi prezident Obama

Salkam to’qqiz yillik hamkorlikka qaramasdan, Amerika Malikiyga to’liq ishonmaydi, deydi tahlilchi Tobi Dodj “Vashington Post” gazetasiga bergan intervyusida.

“Vashington uni hech vaqt yo’rig’iga yurgiza olmagan”, - deydi ekspert.

Iroq va Eronda aksariyat aholi shialar, siyosatni yuritayotgan ham ular. Saddam Husayn hukmron davrda iroqlik shia arboblar Eronda yashirinishga majbur bo’lgan.

Nuri al-Malikiy faqat Iroq manfaatlaridan kelib chiqib ish tutaman, deb keladi. “Iroq suvereniteti har narsadan ustun”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG