Amerika generali Danford Iroq Kurdistonida

  • Amerika Ovozi

General Danfordning Masud Barzoniyga aytishicha, Amerika va kurdlarning dushmani bir - "Islomiy davlat" to'dasi.

General Danfordning Masud Barzoniyga aytishicha, Amerika va kurdlarning dushmani bir - "Islomiy davlat" to'dasi.

Amerika generali Jozef Danford bugun, seshanba kuni Iroq Kurdistoni rahbari bilan Irbil viloyatida ko'rishmoqda. General "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi kechayotgan kurashni o'z ko'zi bilan ko'rib, baholamoqchi.

Danfordning Masud Barzoniyga aytishicha, Amerika va kurdlarning dushmani bir.

Kurd jangchilari ektremist-terrorchilarni Iroqning shimolidan siqib chiqarishga muvaffaq bo'lmoqda. Ularga Amerika boshchiligidagi koalitsiya havodan yordam berayapti.

Iroq armiyasi va hukumatga xayrixoh kuchlarga ham koalitsiya madad berayapti. Biroq ular Iroqning boshqa qismlarida olg'a siljishi qiyin kechmoqda.

Iroq tomonining ishontirishicha, Bag'dod xalqaro harbiy havo koalitsiyasiga Rossiyani taklif qilmagan. Ruslar hozir Suriyada jangarilarni bombardimon qilayapti.

Xabarlarga ko'ra, Iroqdagi ayrim rasmiylar mamlakatga Rossiya harbiy havo kuchlarini ham chaqirish kerak, deb chiqqan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG