AQSh admirali: Iroq armiyasida kamchiliklar bor, ammo kuchga to'lmoqda

  • Amerika Ovozi

Bugun Iroqning Diyala viloyatida jangarilar AQShga xayrixoh qurolli guruhning olti a’zosini o’ldirgan. Kechagi xurujlarda o’nlab politsiyachi halok bo’lgan.

AQSh admirali Mayk Myullen Iroqda al-Qoida kabi guruhlar jonlanganini tan olsa-da, “rejalar o’sha-o’sha, qo’shinni olib chiqish qarorimiz qat’iy”, demoqda.

Iroqda kechaning o’zida politsiyaga qarshi hujumlar 50 odamni hayotdan olib ketgan. Admiral Mayk Myullen buning ortida Al-Qoida turibdi, deydi. Jangarilar mazhablararo adovatni qayta alanga oldirmoqchi.

AQSh jangovar kuchlari Iroqni shu oy oxirigacha butunlay tark etadi. Shundan so’ng mamlakatda 50 ming zobit qolib, Iroq harbiylari malakasini oshirish bilan shug’ullanadi. Xavfsizlikni ta’minlash asosan mahalliy armiya bo’ynida.

“Iroq xavfsizlik kuchlari kamchilikdan xoli emas, albatta. Tajriba, malaka jihatidan hali ko’p ish qilinishi kerak. Lekin mas’uliyat mahalliy armiya zimmasiga o’tib bo’lgan. Operatsiyalarni Iroq askarlari bajarmoqda, puxta bajarmoqda”,- deydi admiral.

“Iroqda qolayotgan 50 ming zobitimiz Iroq xavfsizlik kuchlariga tayanch bo’ladi”, deydi AQSh admirali.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG