Iroqda sunniy aholi isyonida o’nlab odam o’ldi

  • Amerika Ovozi

Xavija shahridagi olishuvda o'lganlar dafn etilmoqda. 25-aprel, 2013-yil.

Xavija shahridagi olishuvda o'lganlar dafn etilmoqda. 25-aprel, 2013-yil.

Iroq xavfsizlik kuchlari Bag’dod shimolidagi sunniy shahar Sulaymon Bek ustidan nazoratni qo’lga olgan.

Hududni qamal qilgan isyonchilar oqsoqollar oraga tushgach, qarshiliksiz chekingani aytiladi.

To’rt kun davom etgan bu ziddiyat 150 odamni hayotdan olib ketdi.

Zo’ravonlik seshanba kuni Havija shahrida sunniylar namoyishi kuch bilan bostirilgach avj olgan.

Askarlar 53 odamni o’ldirgani xabar qilinadi. Voqea ketidan Iroq g’arbi va shimolida odamlar bosh ko’tarib, yana o’nlab fuqaro jon bergan.

Bugun, shuningdek, Bag’dod g’arbidagi masjid yonida ikki portlash ro’y berib, to’rt odam halok bo’lgan.

Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy sunniy aholini tinchlanishga undamoqda.

U xalqni terrorchilar makriga tushmaslikka, mamlakatni diniy adovat girdobiga tortishga urinayotgan kuchlarga qarshi turishga chaqirmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG