Iroq moliya vaziri ishdan ketishga qaror qildi

  • Amerika Ovozi

Rafe al-Esaviy bu haqda Anbar viloyatidagi namoyishda e’lon qilgan

Rafe al-Esaviy bu haqda Anbar viloyatidagi namoyishda e’lon qilgan

Iroq sunniy moliya vaziri bugun ishdan bo’shashga qaror qilgan. Rafe al-Esaviy bu haqda Anbar viloyatidagi namoyishda, xalqqa murojaati paytida e’lon qilgan.

Sunniylarning haq-huquqini oyog’osti qilayotgan shia hukumatda ortiq ishlay olmayman, degan vazir.

Iroq rasmiylarining aytishicha, janubdagi qora mol bozorida ikki mashina portlatilib, besh kishi jon bergan.

Yana o’nlab odamlar jarohatlangan.

Xuruj bugun ertalab poytaxt Bag’doddan janubda joylashgan, asosan, shialar yashovchi Devoniya viloyatida sodir etildi.

Kecha Bag’dodning shialar mahallasida bir necha portlashlar 22 kishini hayotdan olib ketgan. Yaradorlar bir necha o’n kishi.

Iroq mazhablararo ziddiyat, siyosiy beqarorlik va namoyishlar girdobida qolayapti.

Sunniy aholi shikoyati shundan iboratki, shia Bosh vazir Nuri al-Malikiy hukumati o’zga din, mazhab, elatlarni kamsitib, tahqirlab keladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG