Iroq armiyasi Falluja hujumiga tayyorlanmoqda

  • Amerika Ovozi

Falluja, Iroq, 5-yanvar, 2014-yil

Falluja, Iroq, 5-yanvar, 2014-yil

Iroq bosh vaziri Nuri al-Malikiy al-Qoida qo’liga o’tgan Falluja shahri aholisi va qabilalarini jangarilarga qarshi kurashga chorlagan.

Iroq askarlari shaharni qurshab olib, yaqin kunlarda yirik hujum boshlamoqchi. Al-Qoida Falluja va Anbar viloyatining poytaxti Ramadining katta qismini o’tgan hafta ishg’ol qilishga muvaffaq bo’lgan edi.

Bu ikki shahar davlat idoralari uzra hilpirayotgan Iroq milliy bayroqlari olib tashlanib, jangarilar har yerga o’z bayroqlarini qadagan va hududni islomiy davlat deb e’lon qilgan.

Armiya aholi orasida talofatlarni cheklash maqsadida hujumga o’tmay, Falluja qabila yetakchilariga jangarilarni o’z kuchi bilan quvib chiqarish uchun imkon bermoqchi. Kecha xavfsizlik kuchlari va islomiy jangarilar bilan janglarda 34 odam o’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG