Iroqlik nasroniylar qishlog'ini Daishdan himoya qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Iroqlik nasroniy ko'ngillilar

Iroqlik nasroniy ko'ngillilar

Iroq shimolidagi Musul shahridan tepadagi bir necha qishloqlarda nasroniylar yashar edi. Ammo hududni "Islomiy davlat" bosib olgach, aholining bir qismi qochdi, boshqalarini o'ldirishdi, uylarini vayron qilishdi. Ammo bir qishloqda hamon odamlar yashamoqda. "Amerika Ovozi" muxbiri Sheron Ben u yerda bo'lib, qo'lga qurol olib, o'z uylarini himoya qilayotgan nasroniylar va ularga yordam berayotgan ikki amerikalik bilan suhbatlashdi.

Qishloqni Daishdan 50 ta nasroniy jangchi himoya qilmoqda. Ikki amerikalikdan biri Den, Michigan shtatidan. U 2005-2006-yillarda Iroqda AQSh armiyasi safida xizmat qilgan.

“Musulni ozod qilish uchun, Daishni Iroqdan haydash uchun qaytib keldim”, - deydi u.

"Islomiy davlat" jangarilari yaqin atrofdagi kurdlar bilan ham to'qnashib turadi. Nasroniy jangchilar chekinmaymiz, deydi.

“Bu bizning yerimiz. Uni himoya qilamiz. Daishga berib qo'ymaymiz. Vatanimizni ulardan ozod etib, odamlarimizni uylariga qaytaramiz”, - deydi polkovnik Samir Oraxa.

Biroq ularga qurol, tajriba yetishmaydi.

“Nasroniy birodarlarimizga yordam beramiz, yerlarimizni qaytarib olamiz”, - deydi Ramen Xoshaba.

Bu jangchilarning ko'pi maxsus mashqdan o'tmagan. Mag'lub bo'lsak, yerimizni olib qo'yishadi, deydi ular.

“Bular oddiy odamlar. Ba'zilarining ishi bor. Qishloqlarini himoya qilishga harakat qilishmoqda. Men ularga yordam beryapman", - deydi Jeyms ismli yana bir amerikalik urush faxriysi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG