Britaniya mahalliy jangarilarga qarshi chora ko'rmoqchi

  • Amerika Ovozi

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron

Islomiy Davlat G’arb mamlakatlariga do’q-po’pisa qilganidan beri AQSh va Yevropada xavfsizlik choralariga e’tibor kuchaygan.

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron terror guruhlariga qarshi kurash uchun va jangarilarga qo’shilgan britaniyaliklardan kelayotgan xavfning oldini olish uchun parlamentdan yangi qonunlar qabul qilib, hukumatga qo’shimcha vakolatlar berishni so’ragan.

Xususan, Kameron xorijda terrorchi guruhlar safida jang qilganlikda gumon etilgan fuqarolar pasportini musodara qilishni taklif qilmoqda. Uning aytishicha, Iroq va Suriyada 500 ga yaqin britaniyalik jangarilarga qo’shilgan.

Inson huquqlari himoyasi bilan shug’ullanuvchi Xalqaro Amnistiya tashkilotiga ko’ra, jangarilar mamlakat shimolida arab bo’lmagan va sunniy bo’lmagan musulmonlarni haydab, misli ko’rilmagan darajada etnik tozalashlarga qo’l urgan.

Tashkilot jihodchilarni ommaviy qatllarda, odam o’g’irlashlarda, mazhablararo ziddiyatlarni keltirib chiqarganlikda ayblaydi.

BMT Inson huquqlari kengashi Iroqqa ekspertlar guruhini yuborib, bu da’volarni taftish qilmoqchi.

Kecha Iroq armiyasi, kurd jangarilari va qurollangan shia ko’ngillilari islomiy kuchlar bilan jang qilib, Sulaymon Bek shahrini ozod qilgan. Shahar iyun oyidan beri jihodchilar qo’lida edi.

Yakshanba kuni esa Amirli shahri ham ikki oylik qamaldan so’ng ozod etildi. Muddati tugayotgan Bosh vazir Nuri al-Malikiy kecha shaharni ko’zdan kechirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG