Breaking News

"Islomiy davlat" yana bir amerikalikni qatl etgan


Abdul-Rahmon (Peter) Kassig
Abdul-Rahmon (Peter) Kassig

Iroq va Suriya hududlarining bir qismini bosib olgan "Islomiy davlat" jangari guruhi amerikalik asirini qatl etganini da'vo qilmoqda. Internetga qo'yilgan video Abdul-Rahmon Kassig ismli odamning boshi tanasidan judo etilgan.

AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Bernadet Mixanning aytishicha, razvedka idoralari bu da'voning haqiqatga qanchalik yaqin ekanini tekshirish uchun videotasvirni o'rganmoqda.

26 yashar amerikalik sobiq askar bir yil oldin Suriyada insonparvarlik bilan shug'ullanayotib qo'lga olingan edi. Oilasiga ko'ra, u asirlikda islomni qabul qilib, musulmoncha ism olgan. Bundan oldin jihodchilar ikki amerikalik va bir britaniyalikni qatl etgan edi.

Prezident Obama Brisbendagi matbuot anjumanida "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya Prezidenti Bashar Assad bilan hamkorlik qilmaymiz, dedi. Qo'shma Shtatlar Assad xalq ishonchini yo'qotgan, o'z xalqini qirmoqda, deya uni iste'foga chiqishga chaqirib keladi.

"Agar Assad bilan tilimiz bir bo'lsa, uni hokimiyatdan ag'darishga harakat qilayotgan kuchlar jihodchilar safiga qo'shilib, xalqaro hamjamiyatning terrorchilarga qarshi kurashini og'irlashtiradi", - dedi Obama.

Qo'shma Shtatlar bir necha mamlakat bilan xalqaro koalitsiya tuzib, "Islomiy davlat" pozitsiyalarini Iroq va Suriyada havodan nishonga olib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG