Iroqda jangarilar amerikalik jurnalistni qatl etgan

  • Amerika Ovozi

Jeyms Foli "Global Post" va boshqa axborot vositalariga ishlagan. Usta fotograf va tasvirchi edi. Suriya va Liviyadagi urushlarni yoritib tanilgan edi.

Jeyms Foli "Global Post" va boshqa axborot vositalariga ishlagan. Usta fotograf va tasvirchi edi. Suriya va Liviyadagi urushlarni yoritib tanilgan edi.

Internetda amerikalik fotojurnalistning "Islomiy davlat" guruhi jangarilari tomonidan qatl etilayotganini ko'rsatuvchi video paydo bo'ldi. Obama ma'muriyati ushbu videoning qanchalik haqqoniy ekanini tekshirmoqda. "YouTube" keyinroq bu videoni olib tashlagan.

"Islomiy davlat" guruhi joylagan bu tasvirda jurnalist Jeyms Folining ochiq maydonda qatl etilayotganini ko'rasiz. Guruh buni Amerika uchun ogohlantirish deya taqdim etgan.

Foli Suriyadagi fuqarolar urushini yoritayotgan payt, 2012-yilning noyabr oyida, g'oyib bo'lgan edi.

Video "Amerikaga xabar" deya nomlangan. Unda tizzalab o'tirgan Folining boshi tanasidan judo qilingani aks etadi.

Ayni videoda yana bir amerikalik jurnalist Stiven Sotlof ham ko'rinish bergan. Jangarilarning aytishicha, agar AQSh Iroq ishlariga aralashishdan to'xtamasa, ikkinchi amerikalik ham o'ldiriladi.

Sotlof 2013-yilning iyul oyida shimoliy Iroqda yo'qolib qolgan edi.

Jeyms Folining oilasi o'g'lini begunoh qurbon deya atab, Amerika siyosati uchun uni ayblash asossiz va mantiqsiz ekanini ta'kidlaydi.

"O'g'lim Suriya xalqining urushda chekayotgan azobini dunyo e'tiboriga olib chiqqan, uning iztirobini yoritgan. U bilan juda faxrlanamiz",- deya yozadi Dayan Foli, jurnalistning onasi.

Jangarilar garovdagi boshqa odamlarni qo'yib yuborishi kerak, chunki ularddan ayb yo'q, deydi u.

Amerikalik jurnalist Jeyms Foli qatl etilgani aks etgan video hozirda YouTube kanalidan olib tashlangan.

Amerikalik jurnalist Jeyms Foli qatl etilgani aks etgan video hozirda YouTube kanalidan olib tashlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG