Nyu-York politsiyasi musulmonlarga qarshi tashviqotda ayblanmoqda

  • Amerika Ovozi

Nyu-York politsiyasi musulmonlarga qarshi tashviqotda ayblanmoqda

Nyu-York politsiyasi musulmonlarga qarshi tashviqotda ayblanmoqda

Ba'zi hujjatlardan ma'lum bo'lishicha, 2010-yilda Nyu-York shahar politsiyasining 1500 xodimiga aksil-terror mashg'ulotlar paytida musulmonlar haqida bir film namoyish etilgan. Tanqidchilar filmni musulmonlarga qarshi propaganda deb atamoqda.

Shahar meri Maykl Blumberg buni mas'uliyatsizlik deb, filmni politsiyachilarga ko'rsatishni tavsiya qilgan rasmiylarni tanqid qilmoqda.

Film "Uchinchi jihod" deb nomlanadi. Xususiy kompaniya tomonidan tayyorlangan bo'lib, unda amerikalik musulmonlar zo'ravonlik va radikalizm tarafdorlari deya ta'riflanadi. 72 daqiqalik videoda kadr ortidagi matnni Zuhdi Yassir ismli musulmon shifokor o'qiydi.

Filmda terror xurujlari namoyish etiladi. Nyu-York politsiyasi komissari Reymond Kelli intervyu beradi. Ammo boshqarmaning aytishicha, komissarning intervyusi boshqa manbadan olinib, filmda uning ruxsatisiz ishlatilgan.

Ammo Amerika-Islom aloqalari kengashi vakili Ziyod Ramazon bunga ishonmaymiz deb, politsiya boshqarmasini yolg'onda ayblaydi.

"Agar politsiya komissarining intervyusi uning ruxsatisiz ishlatilgan bo'lsa, nega boshqarma film ijodkorlaridan uni olib tashlashni so'ramadi? Reymond Kelli terrorizm kurashchisi deb o'zini ko'rsatmoqchi, lekin aslida islom va terrorizm bir deya yolg'on tashviqot qilmoqda", - deydi Ramazon.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG